“Nasaf” bugun to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazdi+foto

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2015, 13:43
Xabaringiz bor, ertaga “Nasaf” futbolchilari Oliy liga doirasida Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Bugun kunduzgi mashg'ulotni “Nasaf” futbolchilari uchrashuv o'tadigan “Markaziy” stadionda o'tkazishdi.

Milliy terma jamoa yig'inidan qaytib kelgan  Suyunov, Sayfiev, Muhammadiev va Gadoev ham bugungi mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan ishlashdi. Shuningdek, Turkmaniston termasidan chaqiruv olgan va Eron termasiga qarshi o'yindan ishtirok etib qaytgan jamoamiz sardori Artur Gevorkyan ham bugungi mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdi.

Quvonarli tomoni, “Bunyodkor”ga qarshi o'yindan ilgari kichik jarohat olib, ma'lum muddat safdan chiqqan sloveniyalik himoyachimiz Rok Roy ham asosiy tarkib a'zolari bilan mashg'ulot o'tkazdi. Ikkinchi davrada safga qaytishi kutilayotgan hujumchimiz Azamat Allaniyazov esa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Ilnur Sibagatulin bilan shug'ullandi.

Bugungi mashg'ulotlardan fotojamlanmani quyidagi manzil orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz