"Nasaf" yanvar oyida Qarshida, 3 fevraldan Turkiyada yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2025, 12:10
O'zbekiston chempioni Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni hozircha Qarshida davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "ajdarlar" yanvar oyida Qarshida yig'in o'tkazishadi.

3 fevral kunidan Turkiyaning Antaliya shahrida mashg'ulotlarni boshlashadi. Bu yig'in davomida "Nasaf" bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishi rejalashtirgan. 

Ulardan biri Rossiyaning "Spartak" klubiga qarshi o'tishi haqida oldinroq xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia