“Napoli” to'la transferga ulgurmasa, Ronalduni ijaraga oladi

Eldor Akmurzayev
30 avg 2022
Bu haqda Manchester Evening News xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Napoli” vakillari bilan uchrashuv o'tkazgan. Neapolliklar 37 yoshli portugaliyalikni sotib olmoqchi, agar klub bunga ulgurmasa, u holda ijara shartnomasi taklif qilinadi.

Ronaldu 2021 yil yozida “Yuventus”dan 15 mln evro evaziga MYUga o'tdi. U yakunlangan mavsum 39 bahsda qatnashib, 24+3 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Manchester Evening News