"Napoli" "Real" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 apr 2019
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchiga "Napoli" qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi yozgi transfer oynasida urugvaylikni xarid qilishni rejalashtirgan. Futbolchi "Real"dagi raqobatni hisobga olib A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin. Transfer 18 mln. evroga amalga oshishi kutilmoqda.

Valverde Urugvayning "Penyarol" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016 yilda u Urugvay klubini "Real"ga almashtirgan edi. Futbolchi joriy mavsum LaLiganing 11ta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport