"Napoli" "Real" futbolchisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
24 may 2018, 15:55
"Real" hujumchisi Karim Benzema A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Football Espana" xabariga ko'ra, 30 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Napoli" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Uning transferini neapolliklarning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti istamoqda. Italiyalik mutaxassis 2013-2015 yillarda Benzema bilan birga ishlagan.

O'tgan mavsumda Benzema LaLiganing 32 uchrashuvida maydonga tushdi va 5 gol urib, 12 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana