"Napoli" Kulibalini transfer bozoriga qo'ydi

Alisher
10 iyun 2022, 13:45
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali yozgi transfer oynasida italyan klubidan ketishi mumkin.

Jamoa rahbariyati 30 yoshli o'yinchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi.

Futbolchi kelasi mavsumning so'nggida erkin agent maqomida ketishi mumkin yoki uni yangi klubi xarid qiladi. O'yinchining "Napoli" bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi, "Napoli" esa maoshi pasaytirilgan holda yangi shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda.

Kulibaliga "Barselona", "Yuventus", PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia