"Napoli" "Chelsi" himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
17 noya 2020
"Napoli" qish uchun transfer kompaniyasini boshlashni rejalashtirmoqda.

Neapolliklar transfer huquqi Londonning "Chelsi" klubiga tegishli bo'lgan Emersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchini jamoaga taklif qilish tashabbusi jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzodan chiqqan. Tomonlar muzokaralarga kirishib ulgurishgan.

Emerson APL doirasida joriy mavsum maydonga tushmadi. Transfermarkt 26 yoshli o'yinchining transfer narxini 18 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: La Repubblica