Nani faoliyatini "Fluminense"da davom ettirishi mumkin

Alisher
15 dek 2021, 11:01
Portugaliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Nani faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 35 yoshli futbolchiga "Fluminense" qiziqmoqda. Tomonlar muzokaralarga kirishib bo'lishgan.

Nani noyabrda 2019 yilning fevralidan buyon o'ynagan "Orlando Siti"dan ketganini e'lon qilgan edi.

Portugaliyalik Amerika jamoasida 88ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 18ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano