Nainggolan ham top-jamoalar qiziqishlari doirasida

Mirjalol Normatov
9 yanv 2019, 15:40
"Inter" o'z yarim himoyachisi Raja Nainggolan bilan xayrlashishi mumkin.

"Paris United" xabariga ko'ra, belgiyalikning xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Parijliklar "Inter" futbolchisining agentlari bilan uchrashib, transferni shu oydayoq rasmiylashtirishni gaplashib olishgan.

Nainggolanning "Inter" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Uning tovon puli 30 million evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Paris United