Nagelsmann "Bavariya"ga darvozabon kerakligini tan oldi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jarohatlangan Manuel Noyerning o'rniga boshqa darvozabon olib kelinishi kerakligini aytdi.

"Darvozabonlarimiz bilan bog'liq holatni barcha yaxshi biladi. Bizga boshqa darvozabon kerak. Xo'sh, agarda kelasi haftada boshqa darvozabonimiz ham jarohatlansa, buyog'iga nima qilamiz?

Ulrayxga ishonamiz. U o'z rolini yaxshi biladi. Uning nimalarga qodirligini ko'rganmiz. Noyer jarohat olganidan keyin unga ishonch bildirdik. Ulrayx darvozada turgan vaqt uchinchi darvozabon haqida o'ylamadim. Ammo holatni og'irlashtirish kerak emas. Bu barchamizning ishimiz, klubga bu kerak", - dedi mutaxassis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1