Nagelsmann: "Bavariya"da xatolar qilganimni tan olaman"

Mirjalol Normatov
17 okt 2023, 21:34
"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Myunxen klubidagi faoliyatini yodga oldi.

"Bavariya"dagi xatolarimni o'ylab olish uchun etarlicha vaqtim bo'ldi. U yerda xatolar qilganimni tan olaman, ammo u yerda ko'plab ijobiy holatlar ham bo'ldi. Murabbiylar ham futbolchilar kabi rivojlanishlari, o'sishlari kerak. Ayrim xatolar borki, ularni faqatgina bir marta qilish kerak, takrorlab bo'lmaydi. Hozirgi vazifam - "Bavariya"dagi faoliyatimning ijobiy holatlarni qaytarish, xatolarni emas", - dedi Nagelsmann.

Eslatib o'tamiz, Nagelsmann 2021 yilning yozidan 2023 yilning martiga qadar "Bavariya"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN