Nacho: "Zidan va Ronaldu "Real" uchun muhim kishilar edi, ammo ularsiz ham hayot davom etadi"

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 11:58
"Real" himoyachisi Nacho jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan va "qaymoqranglilar" yetakchilaridan biri Krishtianu Ronaldu klubni tark etgani haqida fikr bildirdi.

"Zidan va Ronaldu "Real" uchun muhim kishilar edi, ammo biz yana kuchayib, kurashni davom ettiramiz. O'z kuchimizga ishonamiz. Zidan va Ronaldusiz ham hayot davom etadi. Biz kuchli tomonlarimizni rivojlantirishimiz lozim" - deydi Nacho.

Yozgi transfer oynasida Zinedin Zidan o'rnini Xulen Lopetegi egalladi. Hujumchi Krishtianu Ronaldu esa "Yuventus"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal