Nacho "Real"dan kyetishni rejalashtirmayapti

Alisher
1 dek 2020
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes OAVga "qirollik klubi"dan ehtimoliy kyetishi borasidagi savollarga javob berdi.

"Men har transfer oynasida boshqa klublardan taklif olaman. Ammo men "Real"da baxtliman. Doim aynan "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilishni orzu qilganman.

Eng ko'p xohlaydigan narsam maydonda ko'proq vaqt o'tkazish", - deydi Nacho.

30 yoshli futbolchi 2011 yildan beri Madrid grandi sharafini himoya qiladi. Nacho joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal