MYUning "Sherif"ga qarshi qaydnomasi ma'lum, Marsyal va Reshford maydonga tushmaydi

Оқил Абдубарноев
14 sen 2022, 21:11
Krishtianu Ronaldu Yevropa ligasi doirasidagi "Sherif"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

15 sentyabr kuni Tiraspolda bo'lib o'tadigan o'yinga "Manchester Yunayted"ning 22 nafar futbolchisi yo'l oldi. Tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: David De Xea, Tom Xiton, Radek Vitek

Himoyachilar: Viktor Lindelef, Xarri Maguayr, Lisandro Martines, Tirell Malasia, Rafael Varan, Diogu Dalot, Lyuk Shou

Yarim himoyachilar: Brunu Fernandesh, Kristian Eriksen, Fred, Kazemiro, Skott Maktomini, Zidan Ikbal

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Antoni, Djeydon Sancho, Entoni Elanga, Alexandro Garnacho, Charli Maknil.

Antoni Marsyal, Markus Reshford, Donni van de Bek va Aaron Uan-Bissaka ushbu o'yinda maydonga tusha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: manutd.com