MYUga qarshi bahs oldidan Mourinyuda jiddiy yo'qotish

Alisher
11 iyun 2020, 17:37
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Allini jarimaga tortdi.

Angliya terma jamoasi xavbeki fevral oyi boshida Londondagi "Xitrou" aeroportida olingan videoni Snapchat'ga qo'ydi.

Roliklardan birida Alli yuzida niqob bilan o'tirardi. U shunday izoh qoldirdi: "Korona nimaaa? Iltimos, tinglang". Orqa fonda esa osiyolik shevasidagi gap-so'zlar yangrardi.

Keyinroq xavbek osiyolik erkak aks etgan videoni joyladi. Keyinchalik u kamerani anticeptikka tushirdi va yozdi: "Bu virus menga kelishi uchun tezkor bo'lishi kerak".

FA buning uchun 24 yoshli angliyalikni bitta o'yinga diskvalifikaciya qildi, 50 ming funt jarima to'latdi va uning o'quv kursini o'tashi majburiy etib belgilandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com