MYU yanvarda Gakponi xarid qilishga yaqin

Sherzod Nurmatov
28 noya 2022, 12:35
"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida Niderlandiya terma jamoasi yulduzi Kodi Gakponi tarkibiga qo'shib olishi mumkin.

23 yoshli futbolchi PSV tarkibida mamlakat chempionatining 14 turida 9 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. 

O'tgan haftada portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu bilan yo'llarini ayirgan "qizil iblislar" uning o'rnini Gakpo bilan to'ldirmoqchi. 

Mankunianlar short-listida "Milan"ning asosiy o'yinchilaridan biri Rafael Leau va ijara asosida tarkibga jalb qilishi kutilayotgan AQSH termasi vakili Kristian Pulishich ham bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: NOS