MYU va “Sporting” Fernandeshning transferi borasida kelishib olishdi

17 yanv 2020, 22:28
“Sporting” himoyachisi Brunu Fernandesh “Manchester Yunayted”ga o'tishga yaqin turibdi.

Tomonlar kelishuviga muvofiq, futbolchi uchun inglizlar 60 million evro va yana qo'shimcha tarzda bonuslar to'lab berishi ko'zda tutilgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma'lum qildi.

Bonus borasida tomonlar muzokaralarni yakunlash arafasida va bu yaqin soatlarda hal bo'ladi.

Fernandesh MYU bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi va yiliga 6 million evro maosh oladi.

Joriy mavsumda futbolchi “Sporting” tarkibida Portugaliya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Журналист Николо Скиранинг Твиттер саҳифаси