MYU Maktomineyni APLning boshqa bir klubiga sotmadi

Administrator
27 iyul 2024, 00:47
Futbolchi uchun 17 mln funt taklif qilingandi.

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachi Skott Maktomineyni 17 mln funt evaziga "Fulxem"ga sotmadi. MYU futbolchi uchun kattaroq summa xohlamoqda. 

Xabar qilinishicha, "Fulxem" taklifni yaxshilashi kutilmoqda. MYUni aynan qancha summa qoniqtirishi ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, Maktominey o'tgan mavsum APLning 32 ta o'yinida 7 ta gol kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports