MYU Lindelofni sotishga tayyor

Mirjalol Normatov
10 iyun 2018, 11:46
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelofni sotib yubormoqchi.

“Mirror” xabariga ko'ra, omadsiz mavsumni o'tkazgan shvetsiyalik futbolchining xizmatlariga "Everton" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Mankunianliklar esa futbolchini 35 mln funtga sotishni niyat qilishmoqda.

O'tgan yili MYU Lindelofni 31,5 mln funtga sotib olishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror