MYU "Ayaks" bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
30 may 2022, 22:36
"Manchester Yunayted" "Ayaks" himoyachisi Yurrien Timberni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Ingliz klubi 20 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshladi. MYUning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag qo'l ostida u 2020 yilning martida "Ayaks"da debyutini amalga oshirgan va asosiy tarkibdan muqim o'rin olgandi.

Amstyerdamliklar o'z himoyachisining transferidan kamida 50 million evro ishlab olmoqchi.

Timber o'tgan mavsumda 30 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal