
- Bugungi o'yindan va qayd etilgan natijadan ham qoniqmadim – deya dastlabki fikrlarini bayon etdi “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi. - Nukusga kelish uchun yo'lga ko'p vaqt ketadi. Shuni inobatga olib, bir kun oldin kelgandik. Ammo yigitlar bugun men kutgan o'yinni namoyish eta olmadi. “Orol”ning maydoni sun'iy qoplamali bo'lganligi uchun ham, o'yinimiz biz kutgandek chiqmadi.
- To'g'ri, “Orol” bungacha g'alaba qozona olmay kelayotgandi. Extimol shogirdlarim bugun o'z kuchlariga ortiqcha ishonib yuborgan bo'lishlari ham mumkin.
- Mezbonlar juda kuchli o'ynadi deya olmayman. Yutsa bo'ladigan raqib. Bugun har ikkala jamoa ham u qadar yuqori saviyadagi o'yinni ko'rsata olishmadi.
- Keyingi raqibimiz, “Xorazm”. Bo'lajak bahsda ochko olishga harakat qilamiz. Shuning uchun endi Urganchga yo'l olib, tayyorgarlikni kuchaytiramiz.
Islombek Rustambekov yozib oldi.