Muskatdan tekzor xabar

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2014, 14:17
Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini o'tkazadi.
Raqibimiz sayyoramizning deyarli beshdan bir qism aholisi yashaydigan Xitoy bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18.00da 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Sib" stadionida boshlanadi. Uchrashuvga hakamlar tayinlangan. Lekin barcha Konfederatsiyalar orasida eng qolog'i hisoblangan OFK hali hakamlar guruhini oshkor qilmagan.

Bizga Muskat shahridan aytishlaricha, o'yin boshlanishiga bir yarim soat vaqt qolganda hakamlar nomi e'lon qilinarmish. Bizga xabar qilishlaricha, hozir Muskatda havo harorati 17-20 daraja atrofida. Futbol o'ynash uchun juda yaxshi iqlim sharoiti. Lekin tez-tez yomg'ir yog'yapti. Bu maydon maysasining holatiga ham ta’sir o'tkazyapti. Shu bois, maydonning bugungi holatini ideal deb bo'lmaydi. Kechqurun xatto qalinroq kiyinib yurishga ham to'g'ri kelyapti. Maydonning holatini yaxshi saqlash maqsadida jamoalar bilan o'zaro kelishgan holda mashg'ulot o'tkazmaslikka qaror qilingan. Uchrashuvdan bir kun oldingi rasmiy mashg'ulotlar ham boshqa maydonda o'tkazilyapti. Jamoalar bir kun oldin borib, stadion va maydon bilan shunchaki tanishib qaytishyapti. Oltita mashg'ulot maydoni tanlab olingan. "Sulton Qobus" stadioni oldida ulardan biri joylashgan. Sulton Qobus universitetida ikkita mashg'ulot maydonchasi bor.

"Ahli Sedab", "Boushir" hamda "Muskat" klublariga qarashli stadionlar ham mashg'ulot uchun ajratilgan. Barcha ishtirokchi jamoalar avvaldan belgilangan jadval bo'yicha bu maydonlarda mashg'ulot o'tkazishadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zining Ummondagi ilk mashg'ulotini 10 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17dan 19gacha "Sulton Qobus" universitetidagi maydonda o'tkazgan. 11 yanvar kuni Boushir stadionida xuddi shu soatlarda mashg'ulot bo'lib o'tdi. Bir hil vaqtda mashg'ulot o'tkazilishi O'zbekiston  Xitoy uchrashuvining boshlanish muddati bilan bog'liq.

Reja bo'yicha 13 yanvar kungi mashg'ulotlar "Muskat" klubiga qarashli stadionda olib boriladi. 15 yanvar kuni soat 18dan 20gacha "Sulton Qobus" stadioni yonidagi maydonda terma jamoamizning mashg'ulot o'tkazishi rejalashtirilgan. Xuddi shunday qolgan jamoalar ham jadval asosida mashg'ulotlarini tashkil etishadi.

Kamoliddin ALIMOV

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia