Murod Ismoilov: “Bugun mardonavor g'alabaga erishdik”

Narzulla Saydullayev
22 apr 2017
Oliy liganing 7-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Neftchi” ni qabul qildi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi (0:1).
O'yindan so'ng “Neftchi ” ustozi Murod Ismoilov matbuot anjumanida qatnashdi va o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

- Natijalarimiz muxlislarimizni ham,rahbariyatni ham  va o'zimizni ham qoniqtira olmayotgan edi. Xudoga shukr, bugun yigitlarimiz mardonavor o'yin ko'rsatib,aytilgan vazifani bajarib kerakli 3 ochkoga ega bo'ldik. To'g'ri, kamchiliklar bo'ldi lekin bir narsaga amin bo'ldimki, yigitlarimizda o'yin salohiyati bor. Agar o'zlariga bugungidek ishonch hosil qilib o'ynashsa,bundan ham ko'p chiroyli o'yinlar,gollar,g'alabalar bilan hammani xursand qilib yuramiz degan umiddaman.  

“So'g'diyona” matbuoti xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia