M.Pogba: "3:7? Ukam "Real"ga yordam bergan bo'lardi"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 18:29
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogbaning akasi Matias Pogba ukasining "Real"ga o'tishi mumkinligi borasida gapirdi.

- Polning "Real"ga o'tishi borasida nima deya olasiz?
- Bularning barchasi mish-mish. Bular haqida esa gapirish shart emas. Men Ispaniyadaman va bu ukamning hayotiga hech qanday ta’sir o'tkazmaydi.

- "Atletiko"ga qarshi o'yinni ko'rdingizmi? Nima deb o'ylaysiz, ukangiz "Real"ga yordam bera olarmidi?
- O'yinni ko'rmadim, ammo natija 3:7 bo'lganidan xabarim bor. Ukam istalgan jamoaning o'yinini kuchaytira oladi. Shu kuni u "Real"ga ham yordam berardi.

- Ukangiz "Real"ga o'tishini istarmidingiz?
- Ukamga doimo eng yaxshilarini tilayman. Agarda u "Real"ni eng zo'ri deb bilsa, bu klubga o'tadi. U har doim baxtiyor bo'lishini istayman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca