Mozes: "Yevropaning eng yirik klublaridan biriga o'tganimdan mamnunman"

Mirjalol Normatov
16 okt 2020
"Chelsi"ning yangi yarim himoyachisi Viktor Mozes ijara asosida "Spartak"ka o'tgani haqida gapirdi.

"Barchaga salom! Yevropaning eng yirik klublaridan biri - "Spartak" bilan shartnoma imzolaganimdan mamnunman. Yangi jamoam bilan mashg'ulotlar o'tkazishni intiqlik bilan kutyapman. Olg'a, "Spartak"! - deb yozadi Mozes o'z instagramida.

"Spartak" va "Chelsi" futbolchi borasidagi ijarani bir yillik qilib kelishib olishgan. Muddat yakunlanganidan keyin moskvaliklar futbolchini sotib olish imkoniyatga ega bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcsm