Mourinyuni APL grandlaridan birida ko'rishmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026
Ehtimoliy tayinlov sharti aytildi.

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu atrofidagi kishilarning "Sky Sports Football"ga ma'lum qilishicha, Premer-liganing yirik klublaridan biri uning "Benfika"dagi ishini ehtimoliy tayinlov maqsadida diqqat bilan kuzatib bormoqda.

"Klub, ayniqsa, uning UEFA Chempionlar Ligasida "Real" ustidan qozongan ishonchli g'alabasidan katta taassurot oldi va agar u ularni musobaqadan chiqarib yuborsa, kutilmoqdaki, bu yozda uni qo'lga kiritish uchun qatiy qadamlar tashlaydi", – dedi manba.

Chempionlar Ligasi pley-offi doirasidagi Lissabonning "Benfika"si va Madridning "Real"i o'rtasidagi uchrashuvlar 17 va 25 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Qayd etilishicha, Portugaliya chempionatida "Benfika" 52 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports Football