Mourinyu: "Ertami kechmi "Yunayted" sovrinlar yutishni boshlaydi"

Mirjalol Normatov
4 okt 2020, 15:55
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu jamoa yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Yosh futbolchilar ulg'ayib, tajriba to'plamoqda. Klub sifatli futbolchilar sotib olmoqda.

Ular tarkibni o'zgartirishdi, ayrim futbolchilar men bilan ishlagan, zaxirada o'tirgan, endi esa asosiy tarkibda. Demak, evolyuciya bo'lmoqda.

MYUning ambiciyalari yuqori, sovrinlar qo'lga kiritish majburiyati bor. Sovrin qo'lga kiritilmaganiga ham ancha vaqt bo'ldi. So'nggi sovrin Yevropa ligasi bo'lgandi, shu boisdan jamoada sovrin yutish ishtiyoqi yuqori.

MYU ertami kechmi sovrinlar yo'liga tushib oladi. Jamoa shu yo'lda harakatlanmoqda. Reshford hali yosh, biroq bolakay emas. U juda agressiv futbolchi. Ko'pchilik uchun namuna.

Matich kabi futbolchilar esa jamoaga balans taqdim qiladi. Demak, jamoa rivojlanishda davom etadi", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal