Mourinyu: "Azarni MYUda ko'rishdan xursand bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2018, 11:23
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Chelsi"ga qarshi APLning 9-tur uchrashuvidan oldin sobiq shogirdi Eden Azar bilan birga ishlashga qarshi emasligini aytdi.

"Azarni "Manchester Yunayted"da ko'rishdan xursand bo'lardim. Ammo "Chelsi" uni bizga sotmasa kerak. Bu amalga oshmaydi, chunki ularning rahbarlari aqlli, futbolni tushunishadi.

Agar oldingi yillarga e'tibor bersak, Eden APLning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan, "Chelsi" esa - chempion. Agar Azar hali ham liganing eng yaxshisi bo'lsa, u qoladi, "Chelsi" APLning top-jamoalaridan biri. Bunday futbolchi o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishga qodir" - deydi portugaliyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo