Mourinyu APLga qaytishni istamoqda

Mirjalol Normatov
8 noya 2024, 20:36
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLga qaytishni istamoqda.

Bunga qadar Angliyada "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi klublarni boshqargan portugaliyalik mutaxassis "Nyukasl"da ishlash niyatida.

Mourinyu Turkiyadagi yashash tarzidan mamnun emas, u "Trabzonspor"ga qarshi o'yindan keyin hakamlik borasida shikoyatlar bildirgani uchun bir o'yinga chetlatilgandi.

Yanvar oyida "Roma"dan iste'foga chiqarilib, "Fenerbaxche"da ish boshlagan Mour ayni damda boshqa jamoa izlamoqda. Shu boisdan u "Nyukasl" klubidagilarga o'zgarishlar bo'lsa, jamoani qabul qilib olishga tayyorligini bildirgan.

So'nggi ikki o'yinda "Chelsi" va "Arsenal"ni mag'lub qilgan "Nyukasl"da esa Eddi Xauning o'rniga boshqa murabbiy izlanayotgani yo'q. Xaudan klubdagilar evrokuboklar uchun kurashishni talab qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian