Mourinyo Mata uzoq muddatga safdan chiqqanini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
3 apr 2017, 13:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoadagi jarohatlar borasida gapirib berdi.

O'tgan haftada yarim himoyachi Xuan Mata joriy mavsumda boshqa o'yna olmasligi e'lon qilingan edi.

"Mata uzoq muddatga safdan chiqdi deb o'ylayman. Jons va Smolling bilan ham shunday. Pogba? Bunday deya olmayman, ammo u seshanbaga tayyor bo'lishiga ishonchim komil emas, ammo jarohat boshqalardagidek jiddiy emas" - deydi Mourinyo.

4 aprel kuni "Manchester Yunayted" APLning 31-turida "Everton"ga qarshi bahs o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal