Mourinyo: "Lambert 10 yil oldingi holatimga o'xshamoqda"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 11:57
"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo "Aston Villa" bosh murabbiyi Pol Lambertni o'ziga o'xshashini aytib o'tdi.
Lambertning fikricha g'alaba golini urgan Branislav Ivanovich Kristian Bentekeni tirsagi bilan urgani uchun maydondan chetlatilishi kerak ekan. Bundan tashqari hakam Jon Terri to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun maydon egalari darvozasiga penalti belgilashi lozim ekan.

"U menga 10 yilgi holatimni eslatmoqda, o'shanda men hakamning har bir qarorini muhokam qilardim. Men murabbiylik qilish bilan birga hushtagim bo'lishini istardim. Yillar o'tib u o'zgaradi", - deydi Mourinyo 2:1 hisobidagi g'alabadan so'ng.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com