Mourinyo: "Kelajakda JCHda murabbiy sifatida ishlamoqchiman"

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 09:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelajakda terma jamoani boshqarmoqchi ekanligini aytdi.

"Hech bo'lmasa bir marta mundialda ishlab ko'rmoqchiman. Rossiyaga kelganimdan so'ng, buni yanada ko'proq istab qoldim. Hech qachon bunday qisqa muddatli turnirlarda ishtirok etmaganman. Mundialda yoki Yevropa chempionatida ishlash - meni istagan narsa. Kelajakda JCHda murabbiy sifatida ishlamoqchiman.

Albatta, o'z mamlakatim terma jamoasida ishlashni xohlayman. Qachon milliy jamoani boshqarishimni bilmayman, ammo bu albatta sodir bo'ladi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT