Mourinyo Ispaniyada soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanmoqda

Aslanov Jasurbek
3 noya 2017, 15:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniyada soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis tez orada ispan sudi qarshisida javob beradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Joze Mourinyo "Real" ustozi sifatida ishlagan paytlarda 3,3 mln. evro miqdorida soliq to'lamagan. Bu 2010-2013 yillarda sodir bo'lgan. Portugaliyalik vakillari ayblovni rad etishmoqda.

Eshitish jarayonida Mourinyo ishtirok etishi tasdiqlanmadi. Joze Mourinyo vakilining ma'lum qilishicha, portugaliyalik 2010-2013 yillarda Ispaniya soliq xizmatiga 25,7 mln. evro soliq to'lagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC