Mourinyo Islom Feruzni "Chelsi"ning asosiy tarkibida ko'rmoqda

Tolibjon Qosimov
13 sen 2013, 16:24
"Chelsi"ning 18 yoshli hujumchisi Islom Feruz bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara boshladi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo yaqin kelajakda futbolchini asosiy tarkibga kiritmoqchi. Feruzning shartnomasi keyingi yil yozida tugaydi. "Chelsi" u bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi. Hujumchi London klubiga 2011 yil yozida "Seltik"dan 350 ming evro evaziga ko'chib o'tgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru