Mourinyo: "Drogba "Chelsi"ga kerak, biz uni sevamiz"

Aslanov Jasurbek
6 dek 2014, 11:45
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Dide Drogba kelajagi haqida o'z fikrini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli futbolchining "ko'klar" bilan shartnomasi shu mavsumning oxirida yakun topadi.

"Men uning murabbiyilik qobiliyatlarini bilmayman, chunki u shug'ullantirganini hech ko'rmaganman. U hozir ham yaxshi futbolchi, agar unga meni maslahatim kerak bo'lsa, Drogba o'zi xohlaganda faoliyatini yakunlashi kerak, klub istaganda emas.

U bizga kerak, biz uni sevamiz. Shuni aytishim mumkinki, Drogba bizdaligidan janob Abramovich ham xursand. U tez orada faoliyatini yakunlaydi deb o'ylamayman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com