Mourinyo: "Doping-oficerlar bizga UEFA Superkubogidagi g'alabani nishonlashga imkon beradi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2017, 11:19
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikricha, doping-oficerlar UEFA Superkubogida g'olib bo'lgan jamoaga bayram qilishga halaqit bermasliklari lozim.

8 avgust kuni MYU "Real" bilan sovrin uchun kurashadi. Oldinroq MYU himoyachisi Fil Jons "Ayaks"ga qarshi Yevropa ligasi final bahsidan so'ng doping-tekshiruvi paytida doping-oficerni so'kkani uchun ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan edi.

"Qaysi jamoa sovrinni yutmasin, doping-oficerlar g'alabani nishonlashga va shu onlardan rohat olishga imkon beradi deb umid qilaman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror