Mourinyo APLga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo "Nyukasl" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Mirror" xabariga ko'ra, "qarg'alar" egasi Xolid bin Zayid al-Nixanyan jamoa bosh murabbiyligiga Mourinyoni taklif qilishni rejalashtirmoqda. O'z navbatida portugaliyalik ham ushbu ishga qiziqib qolgan. U "Nyukasl" bilan yuqori marralarga erishishga ishonmoqda.

Bunga qadar Mourinyo Angliyaning ikki jamoasi "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ni boshqargan. U faoliyati davomida jamoalari "Nyukasl" maydonida uch marta o'ynagan va 2 marta durang o'ynab, 1 marta mag'lub bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror