Mourinyo: "APLdagi o'rtacha klublarning darajasi o'sgan"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2015
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidan kutayotganlari haqida so'zlab berdi.

"Bu mavsumda o'rtacha klublar va autsayderlar yetakchilarni ko'proq mag'lub etib, ulardan ochko tortib oladi. Hozir o'rtamiyona klublarda grandlar orzu qiladigan futbolchilar harakat qilyapti. Kabay ("Kristal Pelas") bizda o'ynashi mumkin edi, Veynaldum ("Nyukasl") ham "Chelsi"da to'p tepsa bo'lardi, Gradel ("Bornmut") ham jamoamizga mos.

Sovrin uchun kurashga keladigan bo'lsak, chempionlik uchun kamida beshta jamoa kurashadi. APLning darajasi o'syapti. Har bir jamoada kuchli futbolchilar yig'ilgan" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com