Morata “Real”ga qarshi o'ynamaydigan bo'ldi

26 sen 2019, 09:45
“Atletiko M” hujumchisi Madrid derbisini o'tkazib yuboradi.

Alvaro Morata “Atletiko” safida La Liganing 6-turida “Malorka”ga qarshi bahsning 69-daqiqasida Diego Kosta o'rniga zaxiradan maydonga tushdi. Ammo 77-daqiqada futbolchi bir yo'la ikki marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Endi futbolchi 28 sentyabr kuni bo'ladigan “Real”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Morata joriy mavsum “Atletiko” safida 4 ta o'yinda 1 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia