

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining ingliz klubidagi yillik maoshi 4 mln. funt bo'ladi. Futbolchi Madrid klubi rahbariyatiga MYUga o'tmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.
Endi "Real" va "Manchester Yunayted" transfer narxi borasida kelishib olishlari kerak. Mankunianlar Morata uchun 65 mln. funt (75 mln. evro) to'lashga tayyor. Oldinroq, madridliklar 70 mln. evrolik taklifni rad etishgandi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa AQSHda bo'lib o'tadigan turnega jo'nab ketishidan oldin Moratani qo'l ostida ko'rmoqchi.



