"Monpele" futbolchisi komadan chiqdi

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 10:43
"Monpele" futbolchisi Junior Sambiya sun'iy koma holatidan chiqdi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi endi o'zi erkin nafas olmoqda, biroq u yaqin vaqtlar ichida shifokorlar nazoratida bo'ladi.

Sambiya koronavirus sababli nafas ola olmay qolgan va shu boisdan sun'iy koma holatiga tushib qolgandi.

Ushbu mavsumda Sambiya 22 o'yinda 1 gol va assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe