Mo'min Meliev: “Shukrki yuzim yorug' bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
4 sen 2019, 22:14
A Pro-Liga 18-turidan o'rin olgan “Istiqlol”- “Mashal” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Mo'min Meliev saytimizga intervyu berdi.

- Avvalambor g'alaba muborak bo'lsin! Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. “Istiqlol” jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuv oson bo'lmasligini bilardik. Shu sabali murabbiylarimiz bizni ushbu o'yinga jiddiy tayyorlashdi. Bugun bizga faqat g'alaba zarur edi, butun uchrashuv davomida astoydil harakat qilib g'alaba qozonishni uddaladik. Jamoamizning maqsadi – Superliga, navbatdagi uchrashuvlarda ochko yo'qotmaslikka harakat qilamiz.

- Penaltini amalga oshirganingizda dastlabki zarbani darvozabon qaytardi. Bu xolatda sizda qanday hissiyotlar bo'ldi? Gol kirita olmay qolishiningiz ham mumkin edi...
- Buni tushuntirib berish qiyin, mas'uliyatni zimmamga olgan xolda takroriy zarbani berdim, omadim kelib gol bo'ldi. Bularning hammasi xudodan, shukrki yuzim yorug' bo'ldi.

- “Rostov” va O'zbekiston MTJ hujumchisi Eldor Shomurodov haqida fikrlaringiz...
- Eldor Shomurodovga “Mashal”ning barcha futbolchilari havas ko'zi bilan qarashadi, shu jumladan o'zim ham Shomurodov kabi futbolchi bo'lishni istayman. Eldor Shomurodov “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shomurodov o'ynagan kuni butun jmoamiz bilan ungi muxlislik qilamiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi.
“Mashal” matbuot xizmati bilan xamkorlikda tayyorlandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia