

"Modrich menga nafaqat maydonda, balki mashg'ulotlarda ham doim saboq beradi. U men bilan bitta fintini baham ko'rgan.
Har kuni maydonda ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lish uchun kuchayib borishga harakat qilyapman.
Umuman olganda, Xorvatiya o'tgan mundialdan qolgan yaxshi bazaga ega. Ular finalgacha yetib borishgan, shuning uchun biz nafaqat Modrich, balki butun jamoaga e'tibor qaratishimiz kerak. Ular katta klublarda o'ynashadi va bizni mag'lub etish uchun qo'lidan kelgan hamma ishni qilishadi", – dedi Vinisius.
Eslatib o'tamiz, Braziliya – Xorvatiya uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi.



