
Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” ustozi: "Bugungi g'alaba bilan “Nasaf” jamoasi muxlislarini tabriklayman. O'yin durangga mos edi. Ikkinchi bo'limda bir kishi kam bo'lib qolishimizga qaramay yigitlar hisobni tenglashtirish uchun oxirigacha kurash olib borishdi. Lekin mezbonlar bunga imkon berishmadi. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon bo'ladi. Hamma o'yinda g'olib chiqishni imkoni yo'q. Umid qilamanki, keyingi o'yinda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand etamiz".