Mirjalol Qosimov: "Tan olaman tarkib tanlashda xato qildim"

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2013, 21:42
O'zbekiston kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvi doirasidagi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" bahsidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda ikki to'p farqi bilan mag'lub bo'lganimizga sabab bu mening boshlang'ich tarkibni tanlashda xatoga yo'l qo'yganim bo'ldi. Ammo futbolda xatosiz bo'lmaydi, vaqtida ushbu xatoni to'g'irlashga harakat qildik. Bugun Nesterov jamoamiz joniga oro kirdi, uning Nagaevning zarbasini qaytargani jamoaga katta ruhiy ko'tarinkilik berdi. Ikkinchi davra o'yinlari boshlandi. Kuchli o'yinlar orqali futbolchilar tezda o'z formalariga kirib olishadi. Keyingi o'yinlarda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga urinamiz. Tarkibga sekin asta Sardor Rashidov va Alibobo Rahmatullaev kabi yoshlarni qo'shib boramiz. Anvar Berdiev tajribali hujumchi, jamoaga kirishib ketishiga futbolchilar yordam berishadi. U ancha vaqt maydonga tushmagani uchun bugun u qadar yorqin o'ynay olmadi", - deydi Mirjalol Qosimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia