Mirjalol Qosimov: "Osiyo o'yinlariga boradigan uchta yoshi katta futbolchi ma'lum"

Narzulla Saydullayev
17 avg 2014, 20:20
Xabaringiz bor, shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo O'yinlari bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqaning futbol musobaqalarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etishi belgilangan. Undan tashqari har bir jamoa safida uch nafardan yoshi katta futbolchi qatnashishi mumkin.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, mana shu uchta futbolchi nomi ma'lum bo'lgan.

Terma jamoa ustozi Mirjalol Qosimov bu borada o'z fikrlarini bildirdi: "Haqiqatdan ham Osiyo o'yinlariga boradigan uch nafar yoshi katta futbolchini aniqlab oldik. Bular "Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev, "Al Shabab" yarim himoyachisi Aziz Haydarov va "Seongnam" vakili Server Jeparov. Hozirga qadar To'xtaxo'jaev bilan yakuniy kelishuvga erishib bo'ldik. Bilasiz, Haydarov va Jeparov legioner hisoblanishadi. Shu bois barcha gap ularning klublarida qoldi. Musobaqa FIFA kunlari vaqtida bo'lmaydi, shu bois klublar futbolchilarimizni qo'yib yubormasliklari ham mumkin".

Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 20 avgust kuni Bokudagi "Bakcell Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Tomonlar kelishuvga ko'ra bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia