Mirjalol Qosimov: Maqsad guruhga chiqish

Alisher
22 avg 2023
OCHL pley-off bosqichi doirasidagi Al Arabi - OKMK uchrashuvidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda futbolchi Sanjar Tursunov qatnashdi.

O'yin haqida.

Mirjalol Qosimov: Avvalambor barchaga Assalomu alaykum! Ertaga bizni judayam qiziqarli o'yin kutmoqda. Ikkala jamoada ham guruh bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati bor. Bu erga yaxshi niyatda kelganmiz. Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish.

Sanjar Tursunovga savol. Ertangi bahs uchun jamoa qanday tayyorgarlik ko'rdi? Bo'lajak o'yin haqida fikringiz?

Assalomu alaykum! Biz barchasini tushunib turibmiz, bu o'yin juda muhim bahs hisoblanadi. G'olib esa guruh yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Barcha futbolchilar nomidan aytishim mumkin, biz ertangi o'yinga tayyormiz.

Al Arabi klubi haqida qanday ma'lumotlarga egasiz va ertangi o'yindan nimalarni kutmoqdasiz?

Mirjalol Qosimov: Al Arabi shakllangan jamoa hisoblanadi. Tarkibda kuchli legionerlar harakat qiladi. Qolaversa, to'p bilan muomalada jamoaviy o'yin namoyish etib ko'proq hujumga e'tibor qaratadi.

Tarkibda diskvalifikaciya sabab Martin Boakening yo'qligi jamoa o'yiniga qanday ta’sir ko'rsatadi?

Mirjalol Qosimov: Futbol jamoaviy o'yin. Unda albatta bu kabi vaziyatlar uchrab turadi. Jamoamizda bir-birini o'rnini to'ldiradigan o'yinchilarimiz etarli.

Jahon chempionati bo'lib o'tgan stadiondan taassurotlaringiz qanday?

Mirjalol Qosimov: Taassurotlarimizni ertangi o'yindan keyin aytamiz. Albatta, Jahon chempionati bo'lib o'tgan stadionda o'ynash futbolchilar uchun yoqimli.

Sanjar Tursunov: Qatar mamlakatini Jahon chempionati o'tkazilmasidan oldin ham yaxshi ko'rar edim. Musobaqa o'tkazilganidan keyingi muhitdan so'ng taassurotlar ijobiy.

Al Arabi futbol klubini mag'lubiyatga uchratib musobaqadan chiqarib yuborishni maqsad qilganmisiz? Xuddiki, Al Garafa shunday qilganingiz singari.

Mirjalol Qosimov:

Maqsad guruhga chiqish!


AlisherMuallif
Manba: https://t.me/fcokmk