Mircha Luchesku: "O'tgan yil Buffonni "Shaxtyor"ga olib kelmoqchi edik"

Narzulla Saydullayev
20 noya 2013, 21:24
Doneckning "Shaxter" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku klub "Yuventus" posboni Janluiji Buffonni sotib olmoqchi bo'lgani haqida aytib berdi.
"Biz Buffonni sotib olmoqchi edik. Ammo u "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qildi, biz uni Ukrainaga olib kela olmadik. Agar Buffon kelganida darvoza chizig'ini ancha kuchaytira olardik, shuningdek bu transfer klub imijiga ijobiy ta’sir qilardi", - deydi Luchesku Tuttosport nashriga. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru