Mino Rayola: Ibragimovich 100 foiz PSJda qoladi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013, 16:25
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola futbolchi Italiya A seriyasiga qaytmasligini aytib o'tdi.
100 foiz kafolat beraman: Ibragimovich PSJda qoladi. Endi Italiya A seriyasi klublari top-futbolchilarni sotib olishga qurbi yetmaydi, sababi Italiya klublarining foydasi Angliya yoki Ispaniyadagidan ancha past bo'lmoqda.

Ibragimovich Italiyaga faqat ikki klub birlashgan taqdirda qaytishi mumkin, – deydi Rayola.

Oldinroq PSJ Napoli hujumchisi Edinson Kavani uchun 40 million evro va unga qo'shimcha tarzda Ibragimovichni berishi haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru