"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jeyms Milner yozda "Arsenal"ga o'tishi mumkin.
Oldinroq futbolchi mavsum oxirida Angliyani tark etishi ma'lum qilingan edi. Unga "Inter", "Milan", "Roma" da'vogarlik qilayotgan edi. Milner bu mavsumda 40ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta golli pas berdi va 6ta golga mualliflik qildi.